date

"Arsenal" "Uigan"ni to‘rt gol bilan mag‘lub etdi va 1/8 finalga yo‘l oldi

"Arsenal" "Uigan"ni to‘rt gol bilan mag‘lub etdi va 1/8 finalga yo‘l oldi
Angliya Kubogi 1/16 final bosqichida «Arsenal» o‘z maydonida «Uigan»ni qabul qildi va hech qanday savol qoldirmaydigan yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi — 4:0. Londonliklar uchrashuvning ilk daqiqalaridanoq tempni yuqori qo‘yib, raqibni bosim ostida ushladi va qisqa vaqt ichida natijani hal qilib qo‘ydi.

Hisob 11-daqiqada ochildi. Noni Maduake raqib himoyasini “yorib”, to‘pni darvozaga joyladi va «Arsenal»ga erta ustunlik olib keldi. Oradan ko‘p o‘tmay, 18-daqiqada Gabriyel Martinelli farqni yana oshirdi. Eng qizig‘i, har ikki golga ham Eberechi Eze assist muallifi bo‘ldi — u o‘yinni o‘qish, to‘g‘ri vaqtda to‘g‘ri pas berish borasida o‘z so‘zini aytdi.

«Uigan» uchun esa vaziyat yanada og‘irlashdi: 23-daqiqada Jek Xant ehtiyotsizlik qilib, to‘pni o‘z darvozasiga yo‘llab qo‘ydi. Shundan keyin uchrashuv amalda bir tomonlama tus oldi. 27-daqiqada esa Gabriyel Jezus to‘rtinchi golni urib, bahsning yakuniy hisobini rasmiylashtirdi — 4:0.

Shu tariqa «Arsenal» ishni erta “yopib”, keyingi bosqich — 1/8 finalga yo‘l oldi. Muxlislar uchun esa bu o‘yinning asosiy xulosasi oddiy: jamoa tezlik, hujumdagi turli variantlar va finishdagi aniqlik hisobiga raqibni ilk yarim soatdayoq sindirib tashladi.

Angliya Kubogi. 1/16 final
Arsenal – Uigan 4:0
Gollar: Maduake 11, Martinelli 18, Xant 23 (avtogol), Jezus 27.

«Arsenal» tarkibi: Arrisabalaga (Setford, 87), Uayt (Zubimendi, 79), Saliba (Selmon, 61), Norgard, Kalafiori, Saka (Gokeresh, 46), Lyuis-Skelli, Eze, Maduake (Trossar, 62), Jezus, Martinelli.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » "Arsenal" "Uigan"ni to‘rt gol bilan mag‘lub etdi va 1/8 finalga yo‘l oldi