Arsenal Martinelliga o'rinbosar sifatida Diomandega ko'z tikdi

Londonning «Arsenal» klubi «RB Leyptsig»ning hujumkor yarim himoyachisi Yan Diomandeni kuzatmoqda. «Kanonirlar» ivuarlik futbolchini Gabriel Martinelli o'rniga muqobil variant sifatida ko'rib chiqmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Teamtalk xabariga ko'ra, nemislar vinger uchun 100 million yevro taklif tushsa, futbolchini qo'yib yuborishga tayyor. Diomandening «Leyptsig» bilan shartnomasi 2030 yilning o'rtalarigacha amal qiladi.
Joriy mavsumda yarim himoyachi 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 5 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
«Arsenal» Angliya chempionati turnir jadvalida peshqadam bo'lib turibdi va eng yaqin ta'qibchisini 4 ochkoga ortda qoldirmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing