Luis Enrike Monakoga qarshi PSJdan eng yaxshi o'yinni kutmoqda

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike Chempionlar ligasi 1/16 finalida "Monako"ga qarshi bahsda jamoasidan ishonchli va sifatli o'yin kutayotganini aytdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ispaniyalik mutaxassis PSJning imkoniyatini o‘tgan mavsumdagi "Liverpul"ga qarshi o‘yinlar misolida eslatdi: ilk uchrashuvdagi mag‘lubiyatdan keyin javob bahsida vaziyatni o‘zgartirib, qarama-qarshilik taqdirini o‘z foydasiga burishga erishilgan.
Enrike, shu bilan birga, parijliklar o‘tgan mavsum va joriy mavsum boshida vaziyatlardan foydalanish borasida yetarlicha samarali bo‘lmaganini kamchilik sifatida tilga oldi.
Murabbiy futbolchilariga ishonishini bildirdi, biroq "Monako"ga qarshi o‘yin oson kechmasligini ham alohida ta’kidladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing