Kovach Borussia va Atalanta imkoniyatlarini teng deb bildi

Dortmundning «Borussiya» bosh murabbiyi Niko Kovach «Atalanta»ga qarshi bahslar arafasida ikki jamoaning 1/8 finalga chiqish imkoniyatlari deyarli bir xil ekanini ta’kidladi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis «Atalanta»ning kuchini alohida qayd etdi: italiyaliklar 2024 yilda Yevropa Ligasi g‘olibiga aylangan, o‘shanda jamoani Jan Piero Gasperini boshqargan.
«Ayrim vaziyatlarda bo‘sh hududlardan foydalanib, imkoniyatlar yaratishimiz mumkin. Biroq “Atalanta” juda kuchli raqib. O‘ylaymanki, imkoniyatlar taxminan teng», — deya Kovachning so‘zlarini UEFA matbuot xizmati keltirdi.
Kovach qarama-qarshilik keskin kechishini ham qo‘shimcha qildi. Dastlabki uchrashuv 17 fevral kuni Dortmundda bo‘lib o‘tadi va o‘yin 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi.
Javob bahsi 25 fevral kuni Bergamoda o‘tkaziladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!