Fransiyada Monako va PSJ o‘yinidagi kuchlar baholandi

Chempionlar ligasi pley-off bosqichidagi ilk uchrashuvda PSJ safarda «Monako»ga qarshi maydonga tushadi. Kutilayotgan to‘qnashuv oldidan Lequipe jurnalisti Joze Barroso fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uning ta’kidlashicha, parijliklar o‘yinida barqarorlik doim ham ko‘rinavermaydi: jamoa ba’zan ko‘tarilish, ba’zan pasayish davrlarini boshdan kechiradi. Shu bois «Monako»ning g‘alabasi qiyin ko‘rinsa-da, mutlaqo imkonsiz emas. Barrosoning fikricha, uchrashuv kutilganidan ham qiziqarliroq kechishi mumkin.
«Monako» – «PSJ» bahsi bugun, 17 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) boshlanadi. Javob uchrashuvi esa kelasi hafta Parijda bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing