Slutskiy boshqaruvidagi Shanxay Shenyxua Osiyo Chempionlar ligasidan chiqdi

Osiyo Chempionlar ligasining navbatdagi uchrashuvida Xitoyning “Shanxay Shenyxua” jamoasi Yaponiyaning “Matida Zelviya” klubiga 0:2 hisobida yutqazdi. Leonid Slutskiy shogirdlari o‘yinning boshida ham, yakuniga yaqin ham darvozasidan gol o‘tkazib yubordi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mehmonlar safida Yuki Soma ikki bor aniq zarba yo‘llab, dubl qayd etdi: u 3-daqiqada hisobni ochdi, 88-daqiqada esa yakuniy natijani belgilab berdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng “Shanxay Shenyxua” umumiy bosqichdagi 7 tur yakuniga ko‘ra atigi 4 ochko bilan pley-offga chiqish imkoniyatini butunlay boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, Leonid Slutskiy Xitoy klubini 2023 yil oxirida boshqaruvga olgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing