Golovin Monakoning PSJga qarshi ilk o'yin qaydnomasida

Monako yarim himoyachisi Aleksandr Golovin Yevropa Chempionlar Ligasi pley-off bosqichida PSJga qarshi bo'ladigan ilk uchrashuv uchun jamoa qaydnomasiga kiritildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Golovin yaqinda Fransiya chempionatida Nantga qarshi uy uchrashuvida (3:1) ikki bor golli pas muallifiga aylangandi. Joriy mavsumdagi 25 ta rasmiy o'yinda u hisobiga 2 ta gol va 4 ta assist yozildi.
Monako — PSJ uchrashuvi 17 fevral kuni 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) Monakoda bo'lib o'tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing