date

Kanchelskis PSJda Safonovning asosiy darvozabonligiga baho berdi

Kanchelskis PSJda Safonovning asosiy darvozabonligiga baho berdi

Sobiq futbolchi Andrey Kanchelskis Rossiya terma jamoasi darvozaboni Matvey Safonovning «PSJ»dagi hozirgi holati haqida fikr bildirdi. Hozirda Safonov Parij klubida birinchi raqam sifatida maydonga tushyapti va darvozabonlar raqobatida Lyuka Shevalyeni ortda qoldirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«Darvozabonning qismati juda ogir: bitta xato qilsang, hammaning nigohi darrov senda bo'ladi. Unga omad tilaymiz — asosiy tarkibda o'ynab, jamoaga foyda keltirsin. Jamoa gol o'tkazayotgan bo'lsa ham, Safonov bilan g'alabalarni olyapti, demak unga bildirilgan ishonch o'zini oqlayapti», — deya Kanchelskisning so'zlarini «Chempionat» keltirdi.

Eslatib o'tamiz, seshanba oqshomida «PSJ» Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichi ilk uchrashuvida safarda «Monako»ni 3:2 hisobida mag'lub etdi. Javob o'yini Parijda 25-fevral, chorshanba kuni bo'lib o'tadi.

2025/2026 yilgi mavsumda Matvey Safonov «PSJ» safida 9 ta o'yinda ishtirok etdi va 10 ta gol o'tkazib yubordi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kanchelskis PSJda Safonovning asosiy darvozabonligiga baho berdi