Safonov raqobat sharoitida ham ishlashni davom ettiradi

PSJ darvozaboni Matvey Safonov jamoadagi raqobat va asosiy tarkib uchun kurash haqida fikr bildirdi. FIFA Qit'alararo kubogi finalidan keyin rossiyalik posbon so'nggi uchrashuvlarda tez-tez start tarkibda ko'rinish bermoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Safonovning aytishicha, oxirgi o'yinlarda ko'proq maydonga tushayotgani keyingi bahslarda ham albatta asosiy tarkibda bo'ladi, degani emas. U navbatdagi uchrashuvda startdan o'ynash uchun ishlashni davom ettirishi kerakligini ta'kidladi, deya keltiradi Goal.com.
Ma'lumot uchun, Safonov klubining ketma-ket so'nggi 5 o'yinida maydonga tushdi. Joriy mavsumda 26 yoshli darvozabon 9 uchrashuvda qatnashib, 10 ta gol o'tkazib yuborgan, 3 bahsda esa darvozasini daxlsiz saqlab qolgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing