Cherchesov Safonov PSJda Rossiya futbolini tanitmoqda dedi

Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi, hozirda «Ahmat»da faoliyat yuritayotgan Stanislav Cherchesov «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning fransuz grand klubidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Mutaxassis ta’kidlashicha, «PSJ» kabi yirik jamoalarda futbolchining pasporti emas, maydondagi darajasi baholanadi.
— U «PSJ»da o‘z saviyasini ko‘rsatyapti. Maydondagi ishi orqali yevropaliklarga Rossiyada ham futbol borligini anglatyapti. Men uchun Safonov birinchi raqamga aylandi, buni «PSJ» safida Shevalye qanday o‘ynayotganini ko‘rganimdan keyin yanada aniq his qildim, — deya Cherchesovning so‘zlarini «Match TV» keltiradi.
Joriy mavsumda Safonov barcha musobaqalarda 9 ta uchrashuvda maydonga tushdi, 10 ta gol o‘tkazib yubordi va 3 marta darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!