date

Chilavert Realda ko‘pchilik qora tanli, nega faqat Vinisius nishonda

Chilavert Realda ko‘pchilik qora tanli, nega faqat Vinisius nishonda

Afsonaviy darvozabon Xose Luis Chilavert "Benfika" – "Real" uchrashuvidan keyin yuzaga kelgan navbatdagi irqchilik mojarosiga munosabat bildirdi. Paragvaylik futbolchining aytishicha, Madrid klubida qora tanli futbolchilar juda ko‘p bo‘lsa-da, muammolar doim Vinisius Junior atrofida to‘planayotgani savollar tug‘diradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

"Real" tarkibining qariyb 90 foizi qora tanli. Nega ularda hech qachon muammo bo‘lmaydi, Vinisiusda esa deyarli hamma bilan chiqadi?" — dedi Chilavert Radio Rivadavia efirida.

Eslatib o‘tamiz, Vinisius Junior "Benfika" futbolchisi Janluka Prestiannini irqchilikda ayblagan. Argentinalik futbolchi bu da’volarni rad etmoqda. UEFA holat yuzasidan tekshiruv boshlagan, agar haqoratlar tasdiqlansa, Prestianniga 10 o‘yindan iborat diskvalifikatsiya berilishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chilavert Realda ko‘pchilik qora tanli, nega faqat Vinisius nishonda