date

Fonseka Lion bilan sovrinlar uchun kurashga tayyor ekanini aytdi

Fonseka Lion bilan sovrinlar uchun kurashga tayyor ekanini aytdi

«Lion» bosh murabbiyi Paulu Fonseka joriy mavsumdagi ish jarayoni va jamoaning holati haqida fikr bildirdi. Klub barcha musobaqalarni qoʻshib hisoblaganda 13 oʻyindan iborat gʻalabali seriya qayd etib, bir vaqtning oʻzida uch turnirda ham barqaror oʻyin ko'rsatmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Fonseka jamoa sovrin yutishga ham tayyor, ham bunga qodir ekanini ta’kidladi. Murabbiy bu uning Liga 1dagi toʻrtinchi mavsumi ekanini eslatib, aynan shu yil chempionat raqobati eng yuqori darajaga chiqqanini, shunga qaramay u futbolchilarning ambitsiyasi, ishlash uslubi va doimiy oʻsishga intilishini yuqori baholashini aytdi.

Shuningdek, portugaliyalik mutaxassis «Lion» bu mavsumda katta syurpriz taqdim etishi mumkinligini qayd etdi. Uning soʻzlariga ko‘ra, jamoa mavsumni qanday boshlagani va duch kelgan qiyinchiliklarni unutmaslik kerak, hozir esa klub imkon qadar eng yaxshi formaga kirgan. Murabbiy uchun eng muhim mezon — mavsum yakuni va oxir-oqibat «alohida narsa» yaratish mumkinligiga ishonchi bor.

Ayni paytda «Lion» Fransiya chempionatida uchinchi oʻrinda bormoqda. Klub Yevropa Ligasi umumiy bosqichini birinchi oʻrinda yakunlab, pley-offda kurashni davom ettiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Fonseka Lion bilan sovrinlar uchun kurashga tayyor ekanini aytdi