date

Arteta Tottenhamga qarshi derbini intizorlik bilan kutmoqda

Arteta Tottenhamga qarshi derbini intizorlik bilan kutmoqda

Yakshanba kuni Angliya chempionati doirasida «Arsenal» safarda «Tottenxem»ga qarshi maydonga tushadi. Shimoliy London derbisi oldidan «kanonirlar» bosh murabbiyi Mikel Arteta o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

«O‘yinni sabrsizlik bilan kutyapmiz. Yakshanba kuni o‘zimizni ko‘rsatishimiz shart. Ularda yangi murabbiymi? O‘ylashimcha, bu mavsumda murabbiyi almashgan jamoalarga qarshi yetti marta o‘ynaganmiz, moslashib ketish imkonimiz bor. Eng muhimi — g‘alaba uchun nimalar qilishimiz kerakligini to‘g‘ri bajarish», — dedi Arteta matbuot anjumanida.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda «Tottenxem» boshqaruviga Igor Tudor kelib, mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Arteta Tottenhamga qarshi derbini intizorlik bilan kutmoqda