date

MakTominay futbol haddan tashqari yumshab ketayotganini aytdi

MakTominay futbol haddan tashqari yumshab ketayotganini aytdi

Shotlandiya terma jamoasi va Italiyaning «Napoli» klubi yarim himoyachisi Skott MakTominay so‘nggi yillarda futbol qoidalari hamda hakamlik talqinlari qanday o‘zgargani haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Futbolchi Gianluka Di Martsio saytiga bergan izohida, bugungi o‘yin avvalgidan ko‘ra «yumshoqroq» bo‘lib borayotganini ta’kidladi: bolaligida ularni kuchli bosim bilan, qattiqroq uslubda o‘ynashga o‘rgatishganini, hozir esa hatto juda yengil teginish ham sariq kartochkaga olib kelishi mumkinligini aytdi. Uning fikricha, hozir futbol haddan tashqari sezgirlikka berilib ketgan.

Joriy mavsumda 29 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 34 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi, 4 ta golli uzatma berdi va 2 marta ogohlantirildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » MakTominay futbol haddan tashqari yumshab ketayotganini aytdi