"Strandja" turniri boshlanyapti: o‘zbek bokschilaridan kimlar qatnashadi?

21 fevraldan 2 martgacha Sofiya shahri Bolgariyadagi eng mashhur va eng qadimiy ringlardan biri — an’anaviy 77-chi Strandja xalqaro turniriga mezbonlik qiladi. Ushbu musobaqada O‘zbekistonning erkaklar va ayollar terma jamoalari ham yana bir bor g‘oliblik uchun qo‘lqop bog‘lab, chempionlik kurashiga kirishadi. Bu haqda O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
“Strandja” — oddiy turnir emas. Bu yerda har bir jang sinov: tayyorgarlik qanchalik mustahkam, ruhiyat qanchalik baquvvat, taktika qanchalik to‘g‘ri — hammasi aynan shu ringda ko‘rinadi. Shuning uchun ham bu musobaqa ko‘pchilik uchun mavsumning muhim nuqtalaridan biri hisoblanadi.
Quvonarlisi, bu safar delegatsiyamiz keng: har bir vaznda raqobat qiladigan nomlar bor, murabbiylar shtabi ham to‘liq. Endi asosiysi — har bir bellashuvda oxirigacha kurash, to‘g‘ri reja va sovuqqonlik.
Erkaklar terma jamoasi tarkibi
-50 kg — Asilbek Jalilov
-55 kg — Samandar Olimov
-55 kg — Abdulaziz Abdunazarov
-60 kg — Abdurahmon Mahmudjonov
-65 kg — Abdulloh Madaminov
-70 kg — Abdulaziz Juraqulov
-70 kg — Shavkatjon Boltayev
-75 kg — Fazliddin Erkinboyev
-80 kg — Javohir Ummataliyev
-85 kg — Akmaljon Isroilov
-85 kg — Norbek Abdullayev
-90 kg — Samir Sobirov
-90 kg — To‘rabek Xabibullayev
+90 kg — Arman Maxanov
+90 kg — Ozodbek Aliyev
Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev
Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners Tissert, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Alimardon Dostanov, Nodir G‘ulomov, Sherzod Ahmadjonov, Ramzjon Ahmedov.
Ayollar terma jamoasi tarkibi
-48 kg — Sabina Boboqulova
-48 kg — Farzona Fozilova
-51 kg — Feruza Kazakova
-51 kg — Gulsevar Ganiyeva
-54 kg — Uzukjamol Yunusova
-57 kg — Nigina O‘ktamova
-57 kg — Xumorabonu Mamajonova
-60 kg — Sitora Turdibekova
-60 kg — Mushtariybonu Ibrohimjonova
-65 kg — Navbahor Hamidova
-70 kg — Oysha Toirova
-75 kg — Aziza Zokirova
-80 kg — Ruxshona Parpiyeva
+80 kg — Oltinoy Sotimboyeva
+80 kg — Sobiraxon Shahobiddinova
Bosh murabbiy: Elshod Rasulov
Murabbiylar: Barbaro Fernandez Ximenez, Islom Tadjiboyev, Azim Xudayqulov, Istam Kabinov, Shukurulla Vapayev, Shahzoda Umarova.
Shtab va rasmiylar
Shifokor: Komiljon Rasulov
Fizioterapevt: Xesus Alberto
Jamoa menejeri: Ahmadbek Eshmatov
Hakam: Aleksandr Hamidov
Xulosa oddiy: Sofiyada ring qiznib ketadi. Bizdan kutiladigan narsa ham shu — har bir vaznda oxirigacha kurash, har bir raundda xarakter. Medallar esa… xarakter bo‘lsa, o‘zlari keladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!