Berardi A Seriyadagi gollari bilan Shevchenkoni ortda qoldirdi

Italiya A Seriyasida 26-tur uchrashuvlari boshlandi. Tur doirasida “Sassuolo” autsayder “Verona”ni yirik hisobda mag‘lub etdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yinda “neroverdi” sardori Domeniko Berardi dubl qayd etib, A Seriyadagi jami gollari sonini 128 taga yetkazdi. Shu tariqa u ukrainalik sobiq hujumchi Andrey Shevchenkoni (127) to‘purarlar ro‘yxatida ortda qoldirdi.
Bundan tashqari, Berardi ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha afsonaviy Janni Riverya bilan tenglashdi. Ular A Seriya tarixidagi eng yaxshi to‘purarlar reytingida 47-o‘rinni bo‘lishib turibdi.
Ushbu g‘alaba “Sassuolo”ga turnir jadvalida 8-pog‘onaga ko‘tarilish imkonini berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing