date

Leauning faoliyatini Maldinining shaxsiy qo'ng'irog'i o'zgartirgan

Leauning faoliyatini Maldinining shaxsiy qo'ng'irog'i o'zgartirgan

Portugaliyalik hujumchi Rafael Leau "Milan"ga o'tishi avvaliga unchalik ko'ngliga yoqmaganini aytdi. Futbolchining so'zlariga ko'ra, vaziyatga klub afsonasi Paolo Maldinining shaxsan o'zi qo'ng'iroq qilgani katta ta'sir ko'rsatgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Leau 2018 yilda "Lill"da qolishni istagan: jamoa Chempionlar ligasiga chiqqani uchun u ushbu turnirda o'ynashni maqsad qilgan. "Milan"dan taklif tushganda dastlab rad etishga urinadi, biroq Maldinining qo'ng'irog'idan keyin qarorini o'zgartiradi. Hujumchi Maldini va Ronaldinyo bolalikdagi kumirlari bo'lganini ham ta'kidladi.

Eslatib o'tamiz, Rafael Leau 2019 yildan beri "Milan" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Leauning faoliyatini Maldinining shaxsiy qo'ng'irog'i o'zgartirgan