"Manchester Siti" "Nyukasl"ni qanday mag‘lub etdi? (video)

Angliya Premer-ligasining 27-turida Xosep Gvardiola boshqaruvidagi "Manchester Siti" o‘z uyida "Nyukasl Yunayted"ni qabul qilib, 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va peshqadam "Arsenal" bilan farqni 2 tagacha qisqartirdi. Hamyurtimiz Abduqodir Husanov esa ikkinchi bo‘lim avvalida Ruben Diash o‘rniga zaxiradan o‘yinga qo‘shildi.
Uchrashuvning 14-daqiqasida Niko O’Rayli kuchli zarbasi bilan hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 22-daqiqada Lyuis Xollning zarbasi darvoza to‘ridan joy oldi va hisob tenglashdi. Angliyalik himoyachi 27-daqiqada dublni rasmiylashtirdi va jamoasini yana hisobda oldinga olib chiqdi.
Manchester Siti – Nyukasl 2:1
Gollar: O’Rayli 14, 27 – Holl 22.
Manchester Siti – Donnarumma, Nunes, Diash (Abduqodir Husanov, 46), Gehi, Ait-Nuri, Rodri, Silva, O’Rayli, Semenyo (Foden, 87), Marmush (Sherki, 58), Holand.
Nyukasl – Poup, Trippiyer, Tiav, Bern, Holl, Remsi, Tonali, Uillok, Elanga (J.Merfi, 78), Voltemade (Joelinton, 60), Gordon (Osula, 78).
Ogohlantirishlar: Diash 41, Silva 50 – Bern 9, Uillok 48, Barns 62, Trippiyer 65, Joelinton 89.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!