Ronalduning dublidan keyin Al-Nasr yana peshqadam

"Al-Nasr" hujumchisi Krishtianu Ronaldu "Al-Hazm"ga qarshi 4:0 hisobidagi yirik g'alabadan so'ng o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Portugaliyalik yulduz uchrashuvda ikki bor raqib darvozasini ishg'ol etib, jamoasiga Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida yana birinchi o'ringa qaytishda katta yordam berdi.
"Hozir hammasi avvalgidek. Biz qaytdik, to'g'ri yo'ldamiz va o'zimizga ishonchimiz baland, hammasi joyida. Maqsad sari qadamma-qadam yurayapmiz. Hozir yaxshi formadamiz. Keyin nima bo'lishini ko'ramiz", — deya Ronaldu so'zlarini keltiradi Al Nassr Zone.
22 turdan so'ng "Al-Nasr" 55 ochko bilan Saudiya ligasida yetakchilik qilmoqda, "Al-Hilyal" esa bir ochko kam bilan ortda. 25-fevral kuni Jorje Jezush jamoasi safarda "Al-Najma"ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!