Ambrozini Parma Arsenal uslubida standartdan foydalandi

Italiya A Seriyasining navbatdagi turida “Milan” mag‘lub bo‘ldi. Biroq o‘yindan keyin Italiyada asosiy bahs gol epizodi atrofida avj oldi: ko‘pchilik vaziyatda “Milan” darvozaboni Mayk Menyanga nisbatan qoida buzilishi bo‘lganini, shu sabab gol bekor qilinishi kerakligini ta’kidlamoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Vaziyat yuzasidan “Milan”ning sobiq sardori Massimo Ambrozini fikr bildirdi. Uning aytishicha, bunday holatlar standart vaziyatlarda ko‘p uchraydi: “Angliyada standartlar bo‘yicha yetakchi sanaladigan ‘Arsenal’ni ko‘ring. Burchak to‘pi paytida ular raqib jarima maydoniga deyarli o‘n futbolchini olib kiradi va shunda darvozabonga fol bo‘lgan-bo‘lmagani darrov ajratish qiyinlashadi. ‘Parma’ ham xuddi shunday yo‘l tutdi va natijasini oldi”, — deya Ambrozini so‘zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Eslatib o‘tamiz, “Parma” uchun bu A Seriyada ketma-ket uchinchi g‘alaba bo‘ldi. Klub 12 yildan beri bunday omadli seriyani qayd etmagandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!