Aspas zaxiradan tushib La Ligada dubl qayd etdi

Joriy mavsumda ishonchli o'yin ko'rsatayotgan «Selta» Ispaniya chempionati navbatdagi turida Balear orollaridan kelgan «Mallorka»ni qabul qildi. Vigo klubi ikkinchi bo'limda ketma-ket ikki gol urib, raqibiga javob berish imkonini qoldirmadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuv taqdirini zaxiradan maydonga tushgan klub faxriysi Yago Aspas hal qildi: u ikkala golni ham o'z nomiga yozdirib qo'ydi. Qiziq tomoni, Aspas La Ligadagi 409 o'yinlik faoliyatida ilk bor aynan zaxiradan kirib, bir emas, ikki bor raqib darvozasini ishg'ol qildi.
Ushbu g'alaba «Selta»ga turnir jadvalida 6-o'ringa ko'tarilish imkonini berdi.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…