«Manchester Yunayted» safarda «Everton»ni mag‘lubiyatga uchratdi

Angliya Premer-ligasining 27-turida «Everton» o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qildi va bahs mehmonlarning minimal hisobdagi g‘alabasi bilan yakunlandi — 0:1.
Uchrashuvda yagona gol 71-daqiqada kiritildi. Zaxiradan maydonga tushgan Benjamin Sheshko tezkor hujumni aniq zarba bilan yakunlab, «qizil iblislar»ga juda muhim 3 ochkoni olib keldi.
Ushbu natijadan keyin Maykl Kerrik jamoasi ochkolarini 48 taga yetkazib, jadvalda 4-o‘ringa ko‘tarildi. «Everton» esa 37 ochko bilan 9-pog‘onada qoldi.
APL. 27-tur
«Everton» — «Manchester Yunayted» 0:1
Gol: Sheshko 71.
«Everton»: Pikford, Garner, Tarkovski, Kin, Brentuayt, Gana, Aroegbunam (Bet-u, 79), Nday, Dyuzberi-Holl, Armstrong (Jorj, 73), Barri.
«Manchester Yunayted»: Lammens, Dalot, Maguayr, Yoro, Amad (Sheshko, 71), Shou, Maynu, Fernandesh, Kazemiro, Kunya, Mbeumo (Mazraui, 78).
Qisqasi, o‘yin “chiroyli shou” emas, “natija shou” bo‘ldi. «Yunayted»ga aynan shu kerak edi — oxirida tabloda 0:1 yonib tursa, qolgan gaplar keyin.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!