date

Nikkolo Rovella muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va tiklanishni boshlaydi

Nikkolo Rovella muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va tiklanishni boshlaydi

"Yuventus"ga tegishli bo‘lib, ijara asosida "Latsio" safida o‘ynayotgan tayanch yarimhimoyachi Nikkolo Rovella jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Rim klubi matbuot xizmati futbolchining holati ijobiy ekanini ma’lum qildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Rovella Italiya A seriyasining 26-turida "Kalyari"ga qarshi uchrashuvda (0:0) o‘ng o‘mrov suyagini sindirib olgandi. Mazkur o‘yin 21 fevral kuni bo‘lib o‘tgan, endi u yaqin kunlarda maxsus reabilitatsiya dasturi bo‘yicha shug‘ullanishni boshlaydi.

24 yoshli yarimhimoyachi Italiya terma jamoasida 1 ta o‘yinda maydonga tushgan. Klub mavsumida esa u 9 uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi. Futbolchi sentyabrdan yanvargacha osteomiyelit sabab maydonga tusha olmagandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Nikkolo Rovella muvaffaqiyatli operatsiya qilindi va tiklanishni boshlaydi