Dele Alli London derbisiga kelib tez orada qaytishini aytdi

Dele Alli sobiq jamoasi «Tottenhem»ni sog‘ingan ko‘rinadi: hujumchi Londondagi uy stadioniga tashrif buyurib, «Arsenal»ga qarshi derbini tribunadan kuzatdi. Biroq bu safar «shporlar» uni xursand qila olmadi — uchrashuv 1:4 hisobida yirik mag‘lubiyat bilan yakunlandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
O‘yindan keyin Alli muxlislar bilan muloqot qilib, tez orada maydonga qaytishini ta’kidladi. «Maydonga qaytishni juda istayapman. Bu tez orada bo‘lishi kerak. Oxirgi marta ko‘rishganimizdan beri juda ko‘p narsa yuz berdi. Men qaytdim va yana bir bor eslatmoqchiman: sizlarning barchangiz — mening oilam», — deya uning so‘zlarini derbyderbyderby.it keltirdi.
Hozir Dele Allining yoshi 29 da.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing