Meksika prezidenti JCh-2026 masalasida qatʼiy bayonot berdi

Meksikadagi tartibsizliklar fonida FIFA vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda. Chunki 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati yaqinlashib boryapti va turnirni uch mamlakat — AQSH, Kanada hamda Meksika qabul qilishi rejalashtirilgan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
OAVda FIFA Meksikaning mezbonlik maqomi xavf ostida qolishi mumkin bo‘lgan ssenariylarni ham istisno qilmayotgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi.
Shu orada Meksika prezidenti Klaudiya Sheynbaum Pardo bayonot bilan chiqdi. Uning taʼkidlashicha, jahon chempionatini o‘tkazish bo‘yicha “hech qanday xavf” yo‘q va musobaqa dastlabki reja bo‘yicha o‘tishi uchun “barcha kafolatlar” mavjud.
Hozirgi amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing