date

Real Nikolas Pasni qaytarib olishga qaror qildi

Real Nikolas Pasni qaytarib olishga qaror qildi

Madridning “Real” klubi yarim himoyachi Nikolas Pasni yana o‘z safiga qaytaradi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Marca xabariga ko‘ra, “qirollik klubi” o‘z tarbiyalanuvchisi bo‘yicha sotib olish bandini ishga tushirishga qaror qilgan. Klubda futbolchini qaytarib olish opsiyasi mavjud va kelasi mavsumda argentinalik Pas “Real”ning muhim o‘yinchilaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Nikolas Pas 2024 yilda 6 million yevro evaziga “Real”dan “Komo”ga o‘tgan, uning shartnomasi 2028 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan. Joriy mavsumda u Italiya klubi safida barcha musobaqalarda 28 ta uchrashuv o‘tkazib, 10 ta gol urdi va 6 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portalida Pasning bozor qiymati 65 million yevroga baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Nikolas Pasni qaytarib olishga qaror qildi