"Strandja" turniri. 1-dastur janglarida qanday natijalar qayd etildi?

2 daqiqa o'qish249
"Strandja" turniri. 1-dastur janglarida qanday natijalar qayd etildi?
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • “Strandja” turnirining 1-dasturida Feruza Kazakova va Samandar Olimov raqiblarini 4:1 hamda 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
  • Gulsevar G‘aniyeva, Oysha Toirova, Uzukjamol Yunusova va Abdulaziz Abdunazarov esa o‘z janglarida 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
  • Bugun O‘zbekiston vakillari ishtirokidagi 2-dastur janglari ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Bolgariyaning Sofiya shahrida an’anaviy 77-chi “Strandja” xalqaro turniri qizg‘in davom etmoqda. Bugun 11 nafar yigit-qizlarimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, hozircha kunning 1-dastur janglari yakunlandi. Dastlabki bahslar biroz alamli, biroz quvonchli kechdi: ayrim vakillarimiz nomdor raqiblariga qarshi munosib kurash ko‘rsatsa-da, g‘alaba uchun yetarli bo‘lmadi. Ammo Feruza Kazakova va Samandar Olimov ishonchli natija qayd etib, muxlislarni quvontirdi.

1-dastur natijalari

-51 kg: Gulsevar G‘aniyeva — Maxi Klotzer (Germaniya) 0:5

Gulsevar jang davomida tinimsiz harakat qildi, ayrim epizodlarda yaxshi zarbalar ham chiqdi. Lekin nemis bokschisining aniqligi va ustunligi hal qiluvchi bo‘ldi. Natijada vakilamiz ochkolar bo‘yicha 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

-51 kg: Feruza Kazakova — Jeniffer Lozano (AQSH) 4:1

Kunning eng yoqimli xabarlaridan biri. Murosasiz kechgan to‘qnashuvda Feruza aniqroq ishladi, zarbalarni “o‘tkir” yetkazdi, vaziyatni sovuqqonlik bilan boshqardi. Oqibatda 4:1 hisobida ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi.

-70 kg: Oysha Toirova — Lekeysha Pergoliti (Avstraliya) 0:5

Oyshaga raqib sifatida juda nomdor bokschi to‘g‘ri keldi — Liverpuldagi jahon chempionati kumush medali sohibasi. Toirova harakatsiz qolmadi, munosib qarshilik ko‘rsatdi, ammo tajriba va klass farqi o‘z so‘zini aytdi — 0:5.

-54 kg: Uzukjamol Yunusova — Aysen Taskin (Turkiya) 0:5

Uzukjamol bor kuchini ishga soldi, bir necha aniq zarbalar ham o‘tdi. Lekin raqibning tempi va hukmronligi yuqori bo‘ldi. Natija — 0:5.

-55 kg: Abdulaziz Abdunazarov — Baglan Kenjibek (Qozog‘iston) 0:5

Abdulaziz g‘alabani o‘z tomoniga burish uchun harakat qildi, tezkorlik va aniqlik yo‘nalishida yomon ko‘rsatkichlar ham ko‘rinmadi. Ammo ochkolar bo‘yicha yetarli bo‘lmadi va u 0:5 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

-55 kg: Samandar Olimov — Ali El Sari (Germaniya) 5:0

Samandar bugun musobaqadagi ikkinchi jangini ham juda ishonchli o‘tkazdi. Germaniyalik raqibiga deyarli imkoniyat qoldirmadi, tempni o‘zi belgiladi, zarbalarda ustun bo‘ldi va 5:0 hisobida “toza” g‘alaba qayd etdi.

Oldinda 2-dastur

Eslatib o‘tamiz, bugun hali 2-dastur janglari ham bor. Unda ham bir qator charm qo‘lqop ustalarimiz ringga chiqishi rejalashtirilgan. Demak, hali asosiy intrigalar oldinda.

Ma’lumot O‘zbekiston boks federatsiyasi tomonidan taqdim etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?