Ignatyev Safonov Shevalyega yutqazib qoʻyishi mumkinligini aytdi

Moskvaning «Lokomotiv» klubi sobiq futbolchisi Vladislav Ignatyev «PSJ» darvozaboni Matvey Safonovning hozirgi o‘yinlarini baholadi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Ignatyevga ko‘ra, Safonov jamoada birinchi raqamga aylangani bejiz emas, biroq top-klubda bo‘shashishga o‘rin yo‘q. U ikki uchrashuvda omadsiz harakat qilsa, raqobatda Shevalyega pozitsiyasini boy berib qo‘yishi mumkin.
Joriy mavsumda Safonov Parij klubining 10 ta o‘yinida maydonga tushib, 10 ta gol o‘tkazib yuborgan. Rossiyalik posbon «PSJ» safini 2024 yil yozidan beri himoya qilmoqda, uning amaldagi shartnomasi esa 2029 yil o‘rtalarigacha mo‘ljallangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing