Pavlovich murabbiy bilan juda yaxshi chiqishayotganini aytdi

Italiya A seriyasida 27-tur uchrashuvlari davom etmoqda. "Milan" "Kremoneze"ga qarshi bahsda ancha qiynaldi, biroq o'yinning so'nggi daqiqalarida ketma-ket ikki gol urib, g'alabani ilib ketdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyin gollardan biriga mualliflik qilgan serbiyalik himoyachi Strahin'ya Pavlovich fikr bildirdi. Uning zarbasi biroz omadli chiqqan bo'lsa-da, VAR tekshiruvi gol qoidalar doirasida ekanini tasdiqladi.
"O'yin og'ir kechdi, lekin uch ochkoni oldik. O'zimning o'yinimdan va umuman mavsumdan mamnunman. Murabbiy bilan juda yaxshi chiqishib ketdik", — deya Pavlovichning so'zlarini keltiradi pianetamilan.it.
Ushbu g'alaba "rossonerilar"ga A seriyasi turnir jadvalida ikkinchi o'rinni saqlab qolish imkonini berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!