date

Finalissima bo'yicha yakuniy qaror hali e'lon qilinmadi

Finalissima bo'yicha yakuniy qaror hali e'lon qilinmadi

Qatarda mintaqadagi jangovar harakatlar fonida barcha futbol musobaqalari vaqtincha to'xtatildi. Shu sababli Argentina va Ispaniya terma jamoalari o'rtasidagi Finalissima uchrashuvi qoldirilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mashhur jurnalist Gaston Edulning ma'lum qilishicha, hozirda UYEFA, KONMEBOL va FIFA vaziyatni kuzatib turibdi va shoshilinch xulosa chiqarmayapti. Bir necha kun ichida ular Qatar hukumati bilan birgalikda Finalissima taqdiri bo'yicha qaror qabul qiladi.

Argentina va Ispaniya kubok uchun 27 mart, juma kuni bahs olib borishi kerak. Uchrashuvni Qatarda o'tkazish rejalashtirilmoqda.

Eslatib o'tamiz, so'nggi Finalissima 2022 yil iyunida bo'lib o'tgandi va unda Argentina Italiyani 3:0 hisobida yirik mag'lubiyatga uchratgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Finalissima bo'yicha yakuniy qaror hali e'lon qilinmadi