date

Liverpul APL tarixida birinchi bo'limda burchakdan 3 gol urdi

Liverpul APL tarixida birinchi bo'limda burchakdan 3 gol urdi

Angliya Premyer-ligasining 28-tur uchrashuvida amaldagi chempion «Liverpul» «Vest Hem» ustidan yirik hisobda g'alaba qozondi — 5:2. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Mehmonlar bu muvaffaqiyat poydevorini tanaffusgacha qurib qo'ydi: birinchi bo'limda «Liverpul» javobsiz uchta gol urdi.

Eng qizig'i, o'sha uch golning barchasi burchak zarbasidan uzatilgan to'pdan so'ng raqib darvozasiga yo'l topdi. O'yindan keyingi statistik ma'lumotlarga ko'ra, «Liverpul» APL tarixida birinchi bo'limdayoq burchak to'plaridan uch marta gol urgan atigi ikkinchi klub bo'ldi.

Bunday natija ilk bor 2016 yilda «Manchester Yunayted» tomonidan «Lester»ga qarshi bahsda qayd etilgan edi. Qiziq tasodif, o'sha paytda «Lester» ham amaldagi chempion maqomida maydonga tushgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Liverpul APL tarixida birinchi bo'limda burchakdan 3 gol urdi