date

Serhi Roberto Barselonani tark etish oson bo'lmaganini aytdi

Serhi Roberto Barselonani tark etish oson bo'lmaganini aytdi

"Barselona"ning sobiq futbolchisi Serhi Roberto klub bilan xayrlashish jarayonini eslab, bu qaror unga juda og'ir tushganini ta'kidladi. 2024 yil yozida 34 yoshli ispaniyalik yarim himoyachi Italiyaga yo'l olib, "Komo" safiga qo'shilgan va hozir ham shu jamoa sharafini himoya qilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Roberto "Barselona"ni butun hayoti davomida o'z uyi deb bilganini, klubga bo'lgan muhabbati juda kuchli ekanini aytdi. Shunga qaramay, u yangi tajriba orttirish, boshqa madaniyat va boshqa mamlakat hayotini ko'rishni istagani uchun ketishga qaror qilganini bildirdi.

Universalligi bilan tanilgan futbolchi katalon klubi tizimida 18 yildan ortiq vaqt faoliyat yuritgan. Uning hisobida "Barselona"ning asosiy jamoasi safida jami 373 ta uchrashuv bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Serhi Roberto Barselonani tark etish oson bo'lmaganini aytdi