date

Koloskov FIFA AQShga qarshi qat’iy choraga bormaydi deb hisoblaydi

Koloskov FIFA AQShga qarshi qat’iy choraga bormaydi deb hisoblaydi

RFSning faxriy prezidenti Vyacheslav Koloskov fikricha, FIFA 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati mezbonligini AQShdan olib qo‘yishi ehtimoli juda past. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Uning aytishicha, nazariy jihatdan bunday qaror chiqarish mumkin, ammo amalda FIFA Amerikaga qarshi “urush” ochishga jur’at eta olmaydi. Koloskov bu holat xalqaro futbolda ikki xil standartlar yaqqol ko‘rinishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, 2026 yilgi mundial yoz oylarida Shimoliy Amerikadagi uch davlatda o‘tkaziladi. Nufuzli turnirga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi.

Amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi. Lionel Skaloni boshqaruvidagi jamoa 2022 yilgi finalda Fransiya terma jamoasini mag‘lub etgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Koloskov FIFA AQShga qarshi qat’iy choraga bormaydi deb hisoblaydi