Bugungi “top-5” chempionatlar afishasi: Milan derbisi va boshqa o‘yinlar

Haftaning dam olish kunlari Yevropaning “top-5” chempionatlarida navbatdagi tur o‘yinlari bilan yanada qizib ketadi. Bugun ham futbol muxlislari uchun kechqurundan tungacha davom etadigan mazmunli afisha tayyor: La Ligada prinsipial bahslar, Liga 1da jadval uchun qattiq kurash, Germaniyada tempi baland o‘yinlar, Italiyada esa haqiqiy “bomba” — Milan derbisi!
Jumladan, A Seriya 28-turida “Milan” va “Inter” o‘zaro to‘qnash keladi. Bu derbi — faqat 3 ochko uchun emas, obro‘, ruhiy ustunlik va mavsumning umumiy kayfiyati uchun ham jang. Shuning uchun bugungi kunning eng katta diqqat markazi aynan shu o‘yinga qaratiladi.
Quyida bellashuvlar ro‘yxati bilan tanishing:
La Liga | 27-tur
18:00 "Vilyarreal" — "Elche"
20:15 "Xetafe" — "Betis"
22:30 "Sevilya" — "Rayo Valekano"
01:00 "Valensiya" — "Alaves"
A Seriya | 28-tur
16:30 "Lechche" — "Kremoneze"
19:00 "Bolonya" — "Verona"
19:00 "Fiorentina" — "Parma"
22:00 "Jenoa" — "Roma"
00:45 "Milan" — "Inter"
Liga 1 | 25-tur
19:00 "Lans" — "Mes"
21:15 "Brest" — "Gavr"
21:15 "Nitssa" — "Renn"
21:15 "Lill" — "Loryan"
00:45 "Lion" — "Parij FK"
Bundesliga | 25-tur
19:30 "Sankt-Pauli" — "Ayntraxt"
21:30 "Union" — "Verder"
Qisqasi, bugun “uyqu rejimi” yo‘q: derbi bor, katta o‘yinlar bor, intriga bor. Pultni tayyorlab qo‘ying — kecha uzun bo‘ladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!