date

Xosep Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

Xosep Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Angliya kubogi doirasida "Nyukasl"ga qarshi kechgan bahsda hakamlar bilan tortishib qolgani sababli ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi. "Sent-Jeyms Park" stadionida o'tgan uchrashuvda ispaniyalik mutaxassis "Nyukasl" himoyachisi Kiran Trippyerning Jeremi Dokuga nisbatan ishlatgan qo'pol harakatidan norozi bo'lib, zaxira hakami bilan keskin bahsga kirishdi. Ushbu vaziyatdan so'ng bosh hakam Gvardiolaga sariq kartochka ko'rsatdi.

Bu joriy mavsumdagi oltinchi ogohlantirish bo'lib, qoidalarga ko'ra murabbiy ikki o'yinga chetlatildi. Mazkur jazo Premer-liga va Angliya kubogi uchrashuvlariga tatbiq etiladi. Shu bois, Gvardiola "Vest Xem"ga qarshi chempionat o'yini hamda Angliya kubogi chorak finalida jamoasini bevosita maydon chetidan boshqara olmaydi. Biroq 22 mart kuni bo'lib o'tadigan Liga kubogi finalida u o'z o'rnida bo'lishi mumkin, chunki diskvalifikatsiya ichki kubok finaliga ta'sir qilmaydi.

O'ziga xos uslubda izoh bergan Gvardiola bu holatni hazilomuz qabul qildi. U "Manchester Siti" bilan barcha rekordlarni yangilaganini va endilikda murabbiylar orasida eng ko'p sariq kartochka olgan mutaxassisga aylanganini ta'kidladi. "Men barcha rekordlarni xohlayman va bunga ham erishdim. Endi ikki o'yin davomida dam olaman", — deya qo'shimcha qildi u. Shuningdek, murabbiy o'z futbolchilarini har qanday vaziyatda himoya qilishda davom etishini va hakamlarning ba'zi qarorlarini tushunish qiyinligini bildirib o'tdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Xosep Gvardiola ikki o'yinga diskvalifikatsiya qilindi