date

Kongo futboli rahbari moliyaviy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini oldi

Kongo futboli rahbari moliyaviy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini oldi

Kongo Respublikasi futbol federatsiyasi (FECOFOOT) rahbari Jan-Gi Blez Mayolas og'ir jinoyatlarda aybdor deb topilib, umrbod qamoq jazosiga mahkum etildi. Mahalliy sud organlari uni bir qator moliyaviy firibgarliklar, jumladan, pul yuvish, hujjatlarni qalbakilashtirish hamda noqонуний foiz evaziga daromad olishda aybdor deb topdi. Tergov jarayonida aniqlanishicha, federatsiya rahbari COVID-19 pandemiyasi davrida xalqaro futbol tashkiloti tomonidan ajratilgan mablag'larni o'zlashtirgan.

Jinoyat ishi doirasida Mayolas xotin-qizlar futbolini rivojlantirish va maxsus mashg'ulot markazini qurish uchun mo'ljallangan 1,3 million dollar miqdoridagi mablag'ni talon-toroj qilganlikda ayblangan. Ushbu mablag'ning qariyb 500 ming dollari bevosita mamlakat ayollar milliy terma jamoasi ehtiyojlari uchun ajratilgan edi. Tergovchilarning ta'kidlashicha, federatsiya rahbari o'z lavozimidan foydalanib, davlat va xalqaro tashkilotlar mablag'larini shaxsiy maqsadlarida ishlatib kelgan.

Mayolas 2025 yil may oyining oxirida Ichki ishlar vazirligi qoshidagi Markaziy razvedka va hujjatlashtirish boshqarmasi xodimlari tomonidan qo'lga olingan edi. U bilan birgalikda "FECOFOOT" bosh kotibi Baji Mombo Vantete ham hibsga olindi. Sud jarayonida har ikki ayblanuvchi ham o'zlariga qo'yilgan ayblovlarni keskin rad etib, buni siyosiy fitna deb atashdi. Biroq, sud dalillar yetarli deb topib, ularga nisbatan qat'iy hukm chiqardi. Ushbu voqea Kongo futbol jamoatchiligida katta shov-shuvga sabab bo'ldi va sport tizimidagi korrupsiyaga qarshi kurashning muhim qismi sifatida baholanmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Kongo futboli rahbari moliyaviy jinoyatlar uchun umrbod qamoq jazosini oldi