Bernardu Silva “Yuventus”ga o‘tishi mumkin: 3 yillik bitim taklif qilindi

«Manchester Siti» yarimhimoyachisi Bernardu Silva mavsum yakuni bilan jamoani tark etadi, bu haqda Italiyaning La Gazzetta dello Sport nashri xabar berdi. Maʼlumotlarga ko‘ra, portugaliyalik 32 yoshli futbolchi uchun asosiy daʼvogar “Yuventus” klubi hisoblanadi.
Turin klubi vakillari futbolchining agenti Jorje Mendesh bilan muzokaralar olib borishgan va unga 3 yillik shartnoma taklif qilishgan. Mazkur kelishuv yana bir yilga uzaytirilishi ham mumkin. Italiya klubi Bernardu Silvaga yiliga 7-8 million yevro maosh, shuningdek, bonuslar ham berishni maʼlum qilishgan.
Silva hozirda aniq qarorga kelmagan va uning kelajagi haqidagi eng so‘nggi xabarlar futbol olamida kuzatilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing