date

Peres “Real” merosi va sovrinlar uchun oxirigacha kurashishini taʼkidladi

Peres “Real” merosi va sovrinlar uchun oxirigacha kurashishini taʼkidladi

Madridning “Real” klubi prezidenti Florentino Peres jamoaning futbol tarixida tutgan o‘rni haqida fikr bildirib, klubning katta maqsadlari hech qachon cheklanmasligini alohida taʼkidladi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, “qaymoqranglilar” qo‘lga kiritgan yutuqlar bilan kifoyalanib qolmaydi, aksincha har bir mavsum yangi sovrinlar uchun kurashishni davom ettiradi.

“Bu yerda hech kim taslim bo‘lmaydi. Biz yildan yilga, oxirgi daqiqalargacha jang qilishda davom etamiz. Maqsad — sport tarixidagi eng boy trofeylar kolleksiyasini yana-da kengaytirish. Bu meros aynan ‘Real‘ga tegishli”, — dedi Peres.

Haqiqatan ham, Madrid giganti hozirgi kunda Yevropa futbolining eng sovrindor klublaridan biri sifatida tan olingan va Peres rahbarligi davrida bu ro‘yxat yana-da boyib bormoqda.

Klub prezidentining bu bayonoti jamoaning har bir mavsumga maksimal maqsadlar bilan kirishini yana bir bor tasdiqlab berdi. “Real” uchun ikkinchi darajali maqsad degan tushuncha amalda yo‘q — faqat g‘alaba va sovrin.

Hozirda jamoani Alvaro Arbeloa boshqarmoqda va ular La Liga jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Ular yetakchi “Barselona”dan 9 ochko orqada qolmoqda.

Shu sababli chempionlik poygasi tobora qizg‘in tus olmoqda va har bir o‘yin madridliklar uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etmoqda. Har bir yo‘qotilgan ochko ularning imkoniyatini sezilarli darajada kamaytirishi mumkin.

Florentino Peresning pozitsiyasi esa aniq — “Real” har doim oxirigacha kurashadi va tarixga yangi sahifalar qo‘shishdan to‘xtamaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Peres “Real” merosi va sovrinlar uchun oxirigacha kurashishini taʼkidladi