Bernardu Silva APLda portugal rekordini yangilab qo‘ydi

Angliya Premyer-ligasida yangi tarixiy natija qayd etildi. Portugaliya milliy terma jamoasi va Angliyaning “shaharliklar”i aʼzosi — Bernardu Silva futbol tarixiga o‘z nomini yana-da mustahkam yozdi.
Yarim himoyachi kecha Londonning “Chelsi” klubiga qarshi o‘yinda maydonga tushib, APLdagi umumiy o‘yinlar sonini 297 taga yetkazdi. Shu bilan u Portugaliyalik futbolchilar orasida Premyer-ligada eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan ijrochi sifatida mutlaq rekord o‘rnatdi.
Avvalgi yetakchi bo‘lgan Luish Morten (296 o‘yin) endi ikkinchi o‘ringa tushdi. U o‘z faoliyatida "Vest Xem", “Arsenal” va “Fulxem” klublari safida harakat qilgan.
Kuchli uchlikni esa futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu yakunlab beradi. U "Manchester Yunayted" tarkibida APLda 236 ta o‘yin o‘tkazgan.
Eʼtiborli jihati shundaki, Bernarduning "Manchester Siti" bilan yo‘li yakun topishi mumkinligi haqidagi xabarlar ham tobora kuchaymoqda. Agar bu ro‘y bersa, uning APLdagi merosi yana-da “og‘irlashadi”.
Hozircha esa fakt bitta — Bernardu Silva Portugaliya futbol tarixi va APL statistikasida allaqachon o‘zini alohida sathga olib chiqqan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!