date

“Paxtakor” “Mashʼal”ni mag‘lub etib yetakchilikni saqlab qoldi

“Paxtakor” “Mashʼal”ni mag‘lub etib yetakchilikni saqlab qoldi

Superliganing 7-turi doirasida Toshkentning “Paxtakor” jamoasi o‘z maydonida Muborakning “Mashʼal” klubini qabul qildi va keskin kurashlarga boy o‘yinda 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kamoliddin Tojiyev boshchiligidagi jamoa bahsni faol boshladi. 41-daqiqada Flamarion hisobni ochib, “sherlar”ni oldinga olib chiqdi. Biroq o‘yinning oxirgi qismiga yaqin mehmonlar tomonidan baxtsiz vaziyat yuz berdi — 45+2-daqiqada “Mashʼal” futbolchisi Shahboz Jo‘rayev o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda ham kurash yuqori surʼatda davom etdi. 67-daqiqada aynan Shahboz Jo‘rayev bu safar raqib darvozasini aniq nishonga olib, hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq bu “Mashʼal”ni qutqarish uchun yetarli bo‘lmadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “Paxtakor” muhim uch ochkoga ega chiqdi va ochkolarini 18 taga yetkazib, turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi.

Superliga. 7-tur

“Paxtakor” – “Mashʼal” 2:1

Gollar: 1:0 – 41, Flamarion (Piotr Pajeshak), 2:0 – 45+2, Shahboz Jo‘rayev (avtogol), 2:1 – 68, Shahboz Jo‘rayev.

“Paxtakor”: 12. Vladimir Nazarov, 5. Muhammadqodir Hamraliyev, 7. Hojiakbar Alijonov, 8. Dilshod Saitov, 55. Muhammadrasul Abdumajidov, 9. Ibrohim Ibragimov (11. Hojimat Erkinov, 84), 23. Abdurauf Bo‘riyev, 10. Akmal Mozgovoy (27. Sardor Sobirxo‘jayev, 74), 50. Flamarion (14. Rustam Turdimurodov, 62), 21. Bashar Resan, 19. Piotr Pajeshak (17. Doston Hamdamov, 61)

“Mashʼal”: 35. Doston To‘xtaboyev, 2. Zafarbek Akramov, 5. Samandar Ochilov (22. Nurjahon Muzaffarov, 59), 9. Ibrohim G‘anixonov (28. Ergash Ismoilov, 68), 14.Abdulrashid Abubakar (66.Diyor Mamataliyev, 84), 15.Muhammadali Aliqulov, 18.Muhammadali Abdug‘aniyev (13. Nuriddin Nuriddinov, 59), 34. Shahboz Jo‘rayev, 45. Suhrob Parmonqulov, 69. Roman Xodjayev, 97. Chidi Avgustin (7. Vlatko Stoyanovskiy, 68)

Ogohlantirishlar: Nurjahon Muzaffarov (61), Rustam Turdimurodov (62)

O‘yin yakunida esa “Paxtakor” yetakchilikni mustahkamlab oldi va chempionlik kurashida muhim qadam tashladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor” “Mashʼal”ni mag‘lub etib yetakchilikni saqlab qoldi