Enrike javob berdi: PSJning keyingi raqibi “Real”mi yoki “Bavariya”?

PSJ bosh murabbiyi Luis Enrike UEFA Chempionlar ligasi yarimfinalidagi bo‘lajak raqib haqida yengil hazil aralash fikr bildirdi.
Parij klubi chorakfinalda Liverpul jamoasini umumiy 4:0 hisobida ishonchli tarzda mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Endi PSJ jamoasi "Real Madrid" va “Bavariya” juftligi g‘olibini kutmoqda.
Jurnalistlardan biri undan yarimfinalda qaysi raqibni istashi haqida so‘raganda, Enrike aniq tanlov qilishdan qochdi. Uning aytishicha, bunday “tanlov” qilish ko‘pincha teskari natija beradi.
Murabbiy hazil aralash tarzda: “Real”mi yoki “Bavariya”? Men har safar qaysidir jamoani tanlasam, oxiri boshqasi chiqib qoladi», — dedi.
U shu bilan birga o‘yinni Parijda osoyishta holatda, sovuq ichimlik bilan kuzatishni rejalashtirayotganini ham aytdi:
«Men bu o‘yinni Parijda yaxshi muzdek pivo ichib tomosha qilaman», — dedi Luis Enrike.
Maʼlumot uchun, PSJ amaldagi UEFA Chempionlar ligasi g‘olibi hisoblanadi va to‘plangan tajriba bilan yana bir bor birinchi o‘rin uchun kurashmoqchi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!