date

Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchilari eʼlon qilindi

Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchilari eʼlon qilindi

Yevropaning eng nufuzli klublar turniri — Chempionlar ligasi rasmiy sahifasi ijtimoiy tarmoqlarda haftaning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy jamoani taqdim etdi. Bu ro‘yxatda turli grand klublar vakillari joy olgani muxlislar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi.

Darvozabonlar orasida Xuan Musso (“Atletiko” Madrid) eng yaxshi deb topildi. Ushbu turda uning ishonchli o‘yini jamoasiga muhim yordam bergani qayd etildi.

Himoya chizig‘ida Markinyos (“PSJ”), Dayo Upamekano (“Bavariya”) va Eduardo Kuarejma (“Sporting”) kabi futbolchilar o‘z o‘rnini topdi.

Yarim himoyada esa yuqori darajadagi ijrochilar jamlangan: Yozua Kimmix (“Bavariya”), Martin Subimendi (“Arsenal”), Markos Lyorente (“Atletiko” Madrid) va Arda Gyuler (“Real” Madrid) o‘z o‘yini bilan ajralib turdi.

Hujum chizig‘ida esa samarali harakatlari bilan ajralgan Maykl Olise (“Bavariya”), Usmon Dembele (“PSJ”) va Ferran Torres (“Barselona”) tanlab olindi.

Qayd etish joiz, aynan Maykl Olise haftaning eng yaxshi futbolchisi sifatida eʼtirof etildi. Uning o‘yini nafaqat muxlislar, balki mutaxassislar tomonidan ham yuqori baholandi.

Maʼlumot o‘rnida, joriy mavsum finali Vengriya poytaxti Budapeshtdagi Pushkash Arena stadionida bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahs 2026 yil 30 may kuniga belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, musobaqaning amaldagi g‘olibi — PSJ hisoblanadi. Bu yilgi turnir esa yana-da qiziqarli va keskin kurashlarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Chempionlar ligasi haftasining eng yaxshi futbolchilari eʼlon qilindi