Yevropa Ligasida yarimfinalchilar aniqlandi: dramatik o‘yinlar bo‘ldi

Yevropaning ikkinchi darajali nufuzli klub turniri — Yevropa Ligasida chorak final javob bahslari o‘z yakuniga yetdi. Qizg‘in va dramatik uchrashuvlar orqali yarim finalga chiqqan jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.
Angliyaning "Aston Villa" jamoasi o‘z maydonida Italiyaning “Bolonya” klubini qabul qilib, ishonchli 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Uotkins, Buendiya, Rojers va Konsa tomonidan kiritilgan gollar jamoaga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi. Ilk bahsdagi 3:1 hisob ham Emeri shogirdlariga katta ustunlik bergan edi.
Aston Villa – Bolonya 3:0
Gollar: Uotkins 16, Buendiya 26, Rojers 39, Konsa 89.
Birinchi: 3:1
Portugaliyaning “Braga” jamoasi esa haqiqiy sensatsiya yaratib, Andalusiyada “Betis”ga qarshi superkambekni amalga oshirdi. Mezbonlar dastlab ikki gollik ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, mehmonlar ketma-ket 4 ta gol urib, o‘yinni o‘z foydasiga hal qildi va yarim finalga chiqdi.
Betis – Braga 2:4
Gollar: Antoni 13, Ezzalzouli 26 – Viktor 38, Vitor 49, Horta 53 penalti, Gorbi 74.
Birinchi o‘yin: 1:1
Angliyaning "Nottinghem Forest" klubi esa o‘z muxlislari qarshisida “Portu”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi. Yagona golga Gibbs-Uayt mualliflik qildi.
Nottinghem Forest – Portu 1:0
Gol: Gibbs-Uayt 12
Birinchi o‘yin: 1:1
Yana bir bahsda Ispaniyaning “Selta” klubi o‘z maydonida Germaniyaning “Frayburg” jamoasiga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ilk o‘yindagi 0:3 natija ham nemis klubiga umumiy hisobda ustunlik berdi.
Selta – Frayburg 1:3
Gollar: Matanovich 33, Suzuki 39, 50
Birinchi o‘yin: 0:3
Shu tariqa, Yevropa Ligasida yarim finalchilar aniqlanib, turnir endi hal qiluvchi bosqichga kirib bormoqda. Oldinda esa yana-da qiziqarli va keskin qarama-qarshiliklar kutilmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!