Konferensiyalar ligasida yarimfinalchilar aniqlandi: sensatsiyalar kuzatildi

Konferensiyalar ligasida yarimfinalchilar aniqlandi: sensatsiyalar kuzatildi
Qisqacha

Konferentsiyalar ligasining chorak final bosqichi yakunlanib, yarim finalchilar aniqlandi. Musobaqada "Kristal Pelas", "Strasburg", "Rayo Valekano" va "Shaxtyor" jamoalari keyingi bosqichga yo'l oldi. Ayniqsa, "Strasburg" klubining "Maynts" ustidan qozongan g'alabasi turnirning asosiy sensatsiyasiga aylandi. Endilikda ushbu jamoalar yarim final bahslarida o'z orasi kurashadilar.

Yevropaning yana bir nufuzli turniri — Yevropa Konferensiyalar ligasida chorak final bosqichi yakuniga yetdi. Qiziqarli va kutilmagan natijalarga boy bo‘lgan bahslar orqali yarim finalga chiqqan jamoalar nomi maʼlum bo‘ldi.

Italiyaning “Fiorentina” jamoasi o‘z maydonida "Kristal Pelas"ni 2:1 hisobida mag‘lub etgan bo‘lsa-da, ikki o‘yin natijasiga ko‘ra inglizlar keyingi bosqichga yo‘l oldi. Ilk uchrashuvdagi 3:0 hisob “Pelas”ga hal qiluvchi ustunlikni bergan edi.

Fiorentina – Kristal Pelas 2:1

Gollar: Gudmundsson 30 penalti, Ndur 53 – Sarr 17

Birinchi o‘yin: 0:3

Fransiyaning “Strasburg” klubi esa haqiqiy sensatsiya yaratib, Germaniyaning “Mayns” jamoasini musobaqadan chiqarib yubordi. Birinchi o‘yinda 0:2 hisobida mag‘lub bo‘lgan fransuzlar javob bahsida raqib darvozasiga javobsiz 4 ta gol yo‘llab, kambekni amalga oshirdi.

Strasburg – Mayns 3:0

Gollar: Nanasi 26, Ouattara 35, Ensiso, Emega 74

Birinchi o‘yin: 0:2

Gretsiyaning AYEK jamoasi "Rayo Valekano" ustidan 3:1 hisobida g‘alaba qozonganiga qaramay, birinchi o‘yindagi 0:3 mag‘lubiyat sabab musobaqani tark etdi. Ispaniyadagi bahsda “Rayo” yirik ustunlikka ega bo‘lgandi.

AYEK – Rayo Valekano 3:1

Gollar: Zini 13, 51, Marin 36 penalti – Palazon 60

Birinchi o‘yin: 0:3

Niderlandiyaning AZ “Alkmar” va Ukrainaning “Shaxtyor” klubi o‘rtasidagi uchrashuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlandi. Birinchi o‘yindagi 3:0 g‘alaba “Shaxtyor”ga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

AZ – Shaxtyor 2:2

Gollar: Yansen 73, Sin 80 – Alisson 58, Luka 83

Birinchi o‘yin: 0:3

Shu tariqa, Konferensiyalar ligasidagi chorak final bosqichi sensatsion natijalar va dramatik burilishlarga boy tarzda yakuniga yetdi. Endi esa muxlislarni yana-da keskin va qiziqarli yarim final bahslari kutmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar