date

Alisson «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

Alisson «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi

«Liverpul» darvozaboni Alisson kutilmaganda yozgi transfer oynasida jamoasini tark etishi mumkin. Transferlar bo'yicha ekspert Matteo Moretto bergan ma'lumotga ko'ra, braziliyalik posbon Italiyaning «Yuventus» klubi bilan og'zaki kelishuvga erishgan. Bu xabar ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi, chunki 33 yoshli darvozabon mart oyi o'rtalarida Mersisayd klubi bilan shartnomasini 2027 yilga qadar uzaytirgan edi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Ma'lum qilinishicha, «Liverpul» rahbariyati yaqin haftalar ichida darvozabonlar bilan bog'liq vaziyatni tahlil qilib, Alissonning ketishiga ruxsat berish yoki bermaslik borasida yakuniy qaror qabul qiladi. Insayder Fabrisio Romano turinliklar yozda yuqori saviyali darvozabon sotib olishni maqsad qilgani va Alissonni asosiy nomzod sifatida ko'rayotganini tasdiqladi. Futbolchining o'zi ham 2016-2018 yillarda «Roma» safida to'p surgan Italiya chempionatiga qaytishga qarshi emas.


Alisson «Liverpul»ga bo'lgan hurmati tufayli, avvalo klubning kelajakdagi rejalari bilan tanishmoqchi. Tez orada tomonlar o'rtasida uchrashuv o'tkazilib, kelasi mavsumda kim asosiy darvozabon bo'lishi masalasi hal etiladi. Eslatib o'tamiz, ingliz klubi 2024 yilda gruziyalik Giorgi Mamardashvilini Alissonning o'rinbosari sifatida sotib olgan edi. «Valensiya»dagi bir yillik ijaradan so'ng, 25 yoshli posbon o'tgan yozda jamoaga kelib qo'shildi.

Hozirda Alisson son qismidagi jarohati sababli maydonga tusha olmayapti, shu sababli Mamardashvili bir qator o'yinlarda o'zini ko'rsatishga ulgurdi. Alisson 2018 yildan buyon «Liverpul» safida 332 ta uchrashuvda qatnashib, Chempionlar ligasi va Premyer-liga g'olibiga aylangan. «Yuventus» esa Voysex Shensni ketganidan so'ng uning o'rnini munosib to'ldira oladigan darvozabon qidirmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Alisson «Yuventus» bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib oldi