
Fransiyaning “Venisse” havaskor futbolchilar klubi a’zolaridan biri 30 yilga diskvalifikasiya qilindi. Bunga esa futbolchining hakamga qilgan hujumi sabab bo‘lgan. Bu haqda “L’Equipe” nashriga asoslanib "Qalampir.uz" xabar berdi.
Ayni vaqtda ismi oshkor qilinmayotgan o‘yinchi Fransiyaning oltinchi divizion chempionatidagi “Bellerosh”ga qarshi kechgan o‘yin so‘ngida nizo chiqargan. U arbitrning qaroridan norozi bo‘lgan.
Futbolchi o‘yin so‘ngidagi qarorni eshitgach, referiga tashlangan va yuziga bir necha bor zarba bergan. Natijada u 30 yilga futboldan butunlay chetlashtirildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar