date

Niki Batt Arsenalni PSJga qarshi final oldidan ogohlantirdi

Niki Batt Arsenalni PSJga qarshi final oldidan ogohlantirdi

Angliya Premer-ligasi afsonasi Niki Batt Chempionlar ligasi finalida PSJni mag‘lub etish deyarli imkonsiz bo‘lishini ta’kidladi. Uning fikricha, Mikel Arteta final bahsida Viktor Gyokeresni zaxirada qoldirib, tezkor hujumchilarga tayanishi kerak, aks holda jamoa fransuz klubining himoyadagi zaif nuqtalaridan foydalana olmaydi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Arsenal yarim finalda Atletiko Madridni mag‘lub etib, Budapeshtdagi hal qiluvchi bahsga yo‘llanma oldi. Shunga qaramay, Batt londonliklarning hujum chizig‘i PSJning tezkor o‘yiniga qarshi tura olmasligidan xavotirda. Uning so‘zlariga ko‘ra, PSJ hozirgi vaqtda Yevropaning eng kuchli jamoasi va ularni to‘xtatish juda qiyin.

Batt shunday dedi: "Men PSJni mag‘lub eta oladigan jamoani ko‘rmayapman. Arsenalda qarshi hujumga o‘tish uchun yetarli tezlik yo‘q. Agar Arteta Viktor Gyokeresni maydonga tushirsa, jamoa tezkor hujumlarda qiynaladi. Leandro Trossard kabi tezkor futbolchilarga ishonch bildirish kerak".

Mikel Arteta esa Viktor Gyokeresning Atletiko Madridga qarshi o‘yindagi mehnatini yuqori baholadi. Murabbiy shvetsiyalik hujumchining taktik intizomi va jamoa himoyasidagi hissasi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishda muhim rol o‘ynaganini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Niki Batt Arsenalni PSJga qarshi final oldidan ogohlantirdi