Florentino Perez Kylian Mbappeni Real Madridning eng yaxshi oʻyinchisi deb atadi

1 daqiqa o'qish361
Florentino Perez Kylian Mbappeni Real Madridning eng yaxshi oʻyinchisi deb atadi

Real Madrid prezidenti Florentino Perez tanqidlar ostida qolgan hujumchi Kylian Mbappeni himoya qilib chiqdi. Perez fransiyalik futbolchini jamoaning ayni damdagi eng kuchli oʻyinchisi deb atadi va uning mavsum davomida koʻrsatgan natijalarini ijobiy baholadi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Mavsumdagi muvaffaqiyatsizliklarga toʻxtalgan klub rahbari bunga asosiy sabab sifatida tigʻiz taqvimni koʻrsatdi. Uning soʻzlariga koʻra, Klublar oʻrtasidagi jahon chempionatidan soʻng jamoa jismoniy holatini tiklay olmagan va har uch kunda oʻyin oʻtkazish futbolchilarning charchashiga olib kelgan.

Perez, shuningdek, kiyinish xonasidagi ichki nizolar haqidagi xabarlarning matbuotga chiqib ketishidan noroziligini bildirdi. U jamoa ichidagi muammolar tashqariga chiqmasligi kerakligini taʼkidlab, Federico Valverde va Aurelien Tchouameni oʻrtasidagi mojaro haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Prezident Kylian Mbappening Madrid muhitini tushunib yetganiga ishonch bildirib, uning koʻplab gollar urganini alohida qayd etdi. Perez futbolchining jarohat vaqtidagi xatti-harakatlari boʻyicha shaxsiy noroziliklari haqidagi gap-soʻzlarga qaramay, uning mahoratiga shubha qilmasligini tasdiqladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?