Anan Xalailining Interga oʻtishi nima sababdan barbod boʻldi

Anan Xalailining Italiyaning Inter klubiga o'tishi tibbiy ko'rik va sportga yaroqlilik talablaridan o'ta olmagani sababli amalga oshmadi. Futbolchining agenti Boaz Gorenning 103FM radiostansiyasiga aytishicha, Italiya va Angliya futbol ligalarining tibbiy protokollari o'rtasida sezilarli farq bor. Angliya Premyer-ligasi vakili Kristal Pelas shifokorlari futbolchini atigi ikki daqiqada ko'rikdan o'tkazib, unga o'ynash uchun ruxsat bergan.
Goal.com xabar berishicha, Isroil futbolchisi Anan Xalailining Italiyaning Inter klubiga oʻz vaqtida amalga oshmagan transferi yozgi transfer oynasining eng muhim voqealaridan biriga aylandi. Dastlab milanliklar safini toʻldirishi kutilgan hujumchi tibbiy koʻrik va sportga yaroqlilik talablaridan oʻta olmagach, mazkur transfer barbod boʻlgan edi. Oqibatda Inter rahbariyati oʻz rejalarini oʻzgartirishga majbur boʻldi va himoya chizigʻiga futbolchi jalb etishga eʼtibor qaratdi. Bu haqda Goal.com xabar beradi.
Futbolchining agenti Boaz Goren 103FM radiostansiyasiga bergan intervyusida mazkur kelishuv nima sababdan amalga oshmagani va vaziyatdan qanday chiqib ketishgani haqida batafsil maʼlumot berdi. Uning soʻzlariga koʻra, Inter bilan muzokaralar toʻxtatilganini qabul qilish oson kechmagan, biroq muammo hal boʻlmasligi aniq boʻlgach, tomonlar vaziyatga vazminlik bilan yondashgan. Agent va futbolchi bu holatni hatto kulgi bilan qarshi olib, tezda keyingi qadamlarga oʻtishgan.
Tibbiy talablar va Angliya variant
Agentning taʼkidlashicha, Italiya va Angliya futbol liganing tibbiy protokollari oʻrtasida sezilarli farqlar mavjud. Anan Xalaili Italiya qoidalariga koʻra mamlakatda oʻynay olmasligi maʼlum boʻlgach, boshqa chempionatlar vakillari unga faol qiziqish bildira boshladi. Xususan, Angliya Premyer-ligasi vakili Kristal Pelas futbolchini oʻz safiga qoʻshib olishda tezkorlik koʻrsatdi.Maʼlum boʻlishicha, Kristal Pelas shifokorlari futbolchining holatini juda qisqa fursatda oʻrganib chiqib, unga oʻynash uchun ruxsat berishgan. Boaz Gorenning aytishicha, Angliyada tibbiy koʻrikdan oʻtish va barcha masalalarni hal qilish uchun atigi ikki daqiqa vaqt ketgan. Shu tariqa, isroilyan futbolchi faoliyatini Angliya chempionatida davom ettiradigan boʻldi.
Garchi Inter futbolchi uchun har doim ustuvor variant boʻlgan boʻlsa-da, yuzaga kelgan vaziyat tufayli transfer amalga oshmadi. Agentning qayd etishicha, milanliklar oʻzlarining oʻyin tizimi sababli birinchi oʻrinda turgandi, Kristal Pelas esa ikkinchi variant sifatida qarolgan. Shunga qaramay, transfer bozori yopilguniga qadar Yevropaning koʻplab nufuzli klublari futbolchining xizmatiga qiziqish bildirgan.






























Izohlar 0
…