date

Joze Mourinyu Markus Reshfordni Real Madridga olib kelmoqchi

Joze Mourinyu Markus Reshfordni Real Madridga olib kelmoqchi

Joze Mourinyu yozgi transferlar vaqtida Manchester Yunayted hujumchisi Markus Reshfordni Real Madrid safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Ushbu kutilmagan qadam Barselona klubining ingliz futbolchisini doimiy asosda sotib olish borasidagi urinishlariga barham berishi mumkin. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Reshford joriy mavsumni Barselona safida ijara asosida o‘tkazib, Xansi Flik qo‘l ostida Ispaniya Superkubogi va La Liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Biroq, kataloniyaliklar 30 million yevrolik transfer bandini faollashtirishda ikkilanmoqda, bu esa Mourinyuga imkoniyat eshigini ochmoqda.

Miguel Delaneyning ta’kidlashicha, Mourinyu o‘zi yaxshi tanigan futbolchini jamoaga jalb qilish orqali ham tarkibni kuchaytirmoqchi, ham azaliy raqibi Barselonaga muammo tug‘dirmoqchi. Murabbiy va futbolchi o‘rtasidagi avvalgi yaxshi munosabatlar ushbu transfer amalga oshish ehtimolini oshirmoqda.

Markus Reshford Barselonada qolish istagini bir necha bor bildirgan bo‘lsa-da, kelajagi hali ham noaniq bo‘lib turibdi. Hujumchi joriy mavsumda 14 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qilib, o‘zining yuqori saviyadagi o‘yinini namoyish etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Joze Mourinyu Markus Reshfordni Real Madridga olib kelmoqchi